Xitoy AQŞ tomonidan ikki davlat örtasidagi savdo sohasiga oid qoidalarni kuçaytiriş yoki uni çeklaş böyiça bir tomonlama harakatlar amalga oşiriladigan bölsa, qattiq javob qaytaradi va qat'iy çoralarni qöllaydi. Bu haqda XXR tijorat vazirligi xabar bermoqda.
«Biz umid qilamizki, AQŞ savdo vakillari obektiv faktlarni tuşunişadi va ehtiyotkorlik bilan harakat qilişadi», - deya ta'kidlab ötişgan vazirlikdan.
Şuningdek, qayd etilişiça, agarda AQŞ köp tomonlama savdo qoidalariga rioya etmayotganliklari bilan boğliq holatni e'tiborga olişmasa, «Xitoy tomoni qöl qovuştirib ötirmaydi va özining qonuniy huquq hamda manfaatlarini qat'iy himoya qiliş uçun barça kerakli çoralarni qöllaydi».
Avvalroq Pekin AQŞ bosim ötkazayotgani yuzasidan bayonot bilan çiqqandi.












