Koreya yarim orolining yadro muammosi va Xitoy hamda AQŞning savdo munosabatlari bir biri bilan boğliq muammolar emas, hamda bu masalalardan biridan boşqasi böyiça qaror qabul qiliş uçun bosim körsatiş maqsadida foydalaniş umuman nomaqbul. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Xua Çunin duşanba kuni ma'lum qildi.
"Xitoy va AQŞning hamkorligi manfaatlarni hurmat qiliş va ikki tomonning xavotiriga asoslangan holda yölga qöyilişi lozim. Koreya yarim orolining yadro muammosi va savdo-iqtisodiy masalalar turli narsalardir, AQŞ hamda Xitoy har ikki yönalişda hamkorlikni kuçaytirişi darkor. Hamda bu masalalardan birini boşqasi böyiça bosim ötkaziş vositasi sifatida qöllaş nomaqbuldir", - deya ma'lum qildi diplomat.
Uning ta'kidlaşiça, “savdo uruşlari kabi öyinlarning kelajagi yöq, ular faqatgina ikki hissa zarar yetkazişi mumkin”.
"Pekin Xitoy va AQŞ munosabatlari muhimligini e'tiborga olib, Vaşington bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarining soğlom hamda barqaror rivojini qöllab-quvvatlaş uçun qöşma sa'y-harakatlarni amalga oşirişga tayyor. Bu özaro hurmat, teng huquqlilik va manfaatga asoslangan bölişi lozim", - deya ta'kidlab ötdi Xua Çunin.
Avvalroq Tramp Xitoyning huquqbuzarligini örganiş uçun tergov işlarini boşlamoqçi ekani xabar berilgandi.

















