14 avgustdan 15 avgustga ötar keçasi, soat taxminan keçki birlar atrofida Qarşi şahridagi avtomobillarga gaz qöyiş şoxobçasida portlaş yuz bergan.

Guvohlarning ma'lum qilişiça, portlaş zarbi ança uzoq masofada ham sezilgan. Yana bir guvohning aniq ma'lumot berişiça, portlaş mahalliy “Mexanizator” temir yöl bekati yaqinidagi şoxobçada sodir bölgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida aniq ma'lumot yöq.