Tesla yaqinda özining birinçi ommaviy elektrokari Model 3’ni işlab çiqarişni yölga qöydi. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, bu uning eng hamyonbop avtomobili ekan.
Tesla Model 3’ning boşlanğiç narxi haqiqatdan ham “atiga” 35 ming dollarni taşkil etadi. Biroq, agarda siz bu modelni xarid qilişga qaror qilsangiz, sizni yoqimsiz syurpriz kutib turibdi: elektrokar qiymati ança jiddiy oşişi mumkin.
Model 3’ning bazaviy nusxasi “heç narsasiz” körinişga ega
Elektromobilning bazaviy nusxasiga old örindiqlarni avtomatik sozlaş kabi oddiy funksiyalar ham kirmaydi. Unga qöşimça haq tölaş lozim, sababi u qöşimça optsiyalar töplamiga kiradi.

Model 3 xaridorlariga premium-töplam 5 ming dollarga tuşadi. Şuningdek, unga ultrabinafşa va infraqizil himoyali qoraytirilgan şişali tom, nurdiodli tumanga qarşi çiroqlar va orqadagi yölovçilar uçun ikkita USB-ulaniş joyi kiradi.
Yakunda: 40 ming dollar
Avtopilot uçun ham qöşimça haq tölaş talab etiladi
Çiqarilayotgan barça Model 3 kerakli uskunalar bilan jihozlangan (kameralar, skanerlar, sensorlar va hokazo). Ular ikkinçi avloddagi Autopilot tizimini qöllab-quvvatlaşga möljallangan. Biroq uni faollaştiriş uçun qöşimça 5 ming dollar kerak böladi.

Haydovçisiz boşqaruvning yaxşilangan texnologiyasi haydaş jarayonini ança osonlaştiradi: avtomobil özi tezlikni, yöl qismlarini özgartiradi va avtoturargohda töxtaydi.
Yakunda: 45 ming dollar
(Ilon Maskning sözlariga köra, yaqinda Tesla avtomobillari butunlay avtonom böladi. Biroq tizimni kerakli jihatlarga qadar yangilaş uçun qöşimça 3 ming dollarni tölaş lozim)
Boşqa qöşimça jihatlar
Avtomobil sanoati uçun rangga qöşimça haq tölaş odatiy narsaga aylandi. Masalan, rangli Model 3 uçun xaridorlar qöşimça ming dollarning bahridan ötişi lozim (bazaviy nusxa qora rangdadir). 19 dyuymli sport ğildiraklari yana qöşimça 1500 dollarga tuşadi.












