AQŞ prezidenti Donald Trampning karikaturaçi Şennon Uiller suratlari bilan bezalgan tvitlari töplami 15 avgustda AQŞda sotuvga çiqdi.

Sh*t My President Says: The Illustrated Tweets of Donald J. Trump deb nomlangan töplamga annotatsiyada şunday deyilgan: “Franklin Delano Ruzveltda (AQŞning 32-prezidenti) radio, Jon Kennedida (AQŞning 35-prezidenti) televideniye bölgan, Trampda esa Twitter bor. Karikaturaçi, Eyzner mukofoti sovrindori Şennon Uiller öz fikrlarini 140 ta belgi bilan tuşuntiruvçi prezidentni bölaklarga ajratmoqda”, deb yozilgan.

Töplam muallifining fikriça, Tramp tvitlari AQŞning 45-prezidenti xarakterini tuşuniş va uning öziga xos jihatlarini tuşunişga imkon beradi. “Men Trampning 30 mingdan köproq tvitini öqib çiqdim. 10 minginçi tvitni öqiganimdan keyin yomon tuşlar köra boşladim. Tafsilotlarga berilib ötirmayman, biroq mening pudingga iştiyoqim yöqoldi va şifokorlar hayoti haqida sözlovçi britan seriallarini körişni töxtatdim”, deb aytgan Uiller.

“Men nafaqat Trampni taqlid qilmoqçiman, balki uning qaraşlari, bu qaraşlar uning tarafdorlari istaklari bilan qançalik mos kelişini tuşunmoqçiman. Uning sözlari yordamida u öz-öziga qançalik zid ekanligini körsatmoqçiman va öquvçini işlarning haqiqiy ahvoli borasida şubhalanişga majbur qilmoqçiman. Şuning uçun men uni ertakdagi devqomat odamxör körinişida emas, balki injiq, notöğri anglaniluvçi, özi bilan ovora, öziga bino qöygan, özini yaxşi köruvçi va taltaygan yoş bola körinişida tasvirlaganman”, deb tuşuntirgan karikaturaçi. 

Tramp öz tarafdorlari bilan muloqot qiliş va axborot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqlarga katta e'tibor qaratadi. U avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali öz fikrlarini ommaga yetkaziş imkoniyatisiz u heç qaçon AQŞ prezidenti böla olmagan bölişi haqidagi fikrni bildirgan. Tramp tomonidan tvitterda çop etiluvçi xabarlar tez-tez tanqidga uçrab turadi. Uni tvitterning eng taniqli foydalanuvçilaridan deb hisoblaş mumkin. Uning tvitterda 2009 yil mart oyida yaratilgan sahifasiga 35 mln kişi obuna bölgan va unda 35 mingdan köproq xabar çop etilgan. Tramp bu maydon unga amerikaliklar bilan byurokratlar va yetakçi OAVsiz muloqot qiliş imkonini berişini aytgan.