BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Şarlotsvilldagi hodisalardan söng irqçilik, antisemitizm va ksenofobiyaning boşqa körinişlariga qarşi birgalikda kuraşiş lozimligini ma'lum qildi.
«Irqçilik, ksenofobiya, antisemitizm va islomofobiya bizning jamiyatni zaharlamoqda. Biz ular bilan har doim va har yerda kuraşişimiz kerak», - deya yozdi u tvitterdagi sahifasida.
Ötgan dam oliş kunlari Şarlotsvillda ultra öng faollar va ularga qarşi bölganlar örtasida şafqatsiz töqnaşuvlar yuz berdi. Bu mahalliy hukumatning Fuqarolik uruşi paytida janubliklar armiyasi qömondoni Robert Liga qöyilgan haykalni buzib taşlaş haqidagi qaroridan söng yuz berdi.
Norozilik namoyişi vaqtida neonatsizm mafkurasiga sodiq bölgan kiçik Aleks Filds yuqori tezlikda faollar tödasiga kelib urildi, natijada bir ayol halok böldi, yana 19 kişi jarohat oldi.

















