Jamiyat | 12:14 / 16.08.2017
6388
2 daqiqa o‘qiladi

Deniyel Kreyg yana Jyeyms Bond rolini ijro etishini tasdiqladi

AQShning «​Oqshom suhbati»​ (the Late Show) ko‘rsatuvida chiqish qilgan ingliz aktyori Deniyel Kreygga boshlovchi kelgusida ham maxfiy ayg‘oqchi rolini ijro etadimi, deya savol nazari bilan yuzlandi.

Aktyor teleboshlovchi Stefen Kolbert savoliga qisqagina «ha» deb javob berdi va uning qo‘lini siqib qo‘ydi.

Agent 007 haqidagi filmlarining so‘nggi to‘rttasida bosh rolni ijro etgan Deniyel Kreyg shu paytgacha bundan savollarni inkor etib kelayotgan edi. 2019 yil noyabr oyida katta namoyishi rejalashtirilgan yangi qismda uning ishtiroki tasdiqlandi.

«​Menimcha shu qism bilan Bond hayotiga nuqta qo‘yaman, mening ijroimdagi so‘nggi filmda ishtirok etmoqdaman»​, deydi aktyor.

2006 yili Jyeyms Bond obrazidagi ilk debyutini «Kazino Royal» filmi orqali boshlagan aktyor oxirigi marta 2015 yil ishlab chiqarilgan kartinada ishtirok etgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid