Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Litva Respublikasi Taşqi işlar vaziri Linas Linkeviçiusga maktub yölladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Men Sizni muhim sana – Özbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ulkan mamnuniyat ila tabriklayman”, - deya boşlanadi maktub.

Qayd etilişiça, Özbekiston Litvani uzoq muddatli va köp qirrali hamkorlikni rivojlantirişda yaqqol natijalarga erişgan muhim xalqaro hamkor sifatida köradi.

“Biz mamlakatlarimiz örtasida şakllangan özaro manfaatli aloqalarni hamda barça darajalardagi oçiq va konstruktiv ruhdagi muloqotni yuqori baholaymiz”, - deyiladi maktubda.

Özbekiston özaro taşriflar amaliyoti va Litva bilan siyosiy va parlamentlararo yönalişda, iqtisod va sanoat, madaniyat va san'at sohalarida munosabatlarni yanada izçil kengaytirişni davom ettiradi.

“Aminmanki, özaro hurmat va manfaatlarni birdek inobatga olişga asoslangan Özbekiston-Litva şerikligi bizning xalqlarimiz farovonligi yölida kelgusi yillarda ham mustahkamlanişda davom etadi”, - deya yakun yasalgan Komilovning maktubiga.