Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakov ma'lum qildiki, Sladkoye kölini Rossiyaning Qozoğistonga «sovğasi» deb ataş töğri emas. Bu haqda Tengrinews xabarida yozilgan.

«Aytiş kerakki, bu köl Qozoğistonga ötişi Rossiyaning «sovğasi» deyiş töğri emas. Çunki, bu kölning asosiy qismi avvaldan Qozoğiston Respublikasi hududida joylaşgandi», — deya qayd etgan u.

Jaynakovning sözlariga köra, Qozoğiston va Rossiya örtasidagi çegara çiziqlari 2005 yil 18 yanvaridagi kelişuvda örnatilgandi.

Uning qayd etişiça, çegaradagi bu hududda «Qozoğiston va Rossiya tomonlari kelişuvi böyiça çegara belgilari örnatilgan», şu tufayli ayni vaqtda «heç qanday almaşuv» röy bermadi.

Bugun Rossiya Novosibirskda joylaşgan kölni töliğiça Qozoğistonga bergani haqida xabar qilingandi.

Ov mavsumida mazkur kölga mahalliy aholi va Novosibirsk hamda Omskdan tez-tez mehmonlar kelib turgan.

«Bu kölda baliq yöq, şunçaki tabiatni bezab turibdi. Tumanimizda Gorkoye köli bor – u foydali. Sladkoye köli esa yarim köl, yarim botqoq. U iqtisodiy jihatdan heç qanday qiziqiş uyğotmaydi», deya ta'kidlagan tuman ma'muriyati rahbari Vladimir Şubnikov.

Köl Kupino tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Köl yuzasi maydoni 45 gektardan iborat. Ilgari Rossiya hisobiga uning 14 gektari töğri kelardi.