Biologik çirindiga aylanib yöq bölib ketadigan materiallarning işlatilayotgani allaqaçon yangilik emas. Bunday materiallar atrof muhit uçun mutlaqo zararsiz ekanligi bilan bir qatorda, işlab çiqariş jarayonlarini ham arzonlaştiradi. Biologik çirindiga aylanuvçi materiallardan bir martalik uyali telefonlar va şunga öxşaş boşqa gadjyetlar hamda boşqa buyumlarni yasaşda unumli foydalanib kelinmoqda. Lekin özi çirib yöq böluvçi avtomobil — mutlaqo yangilik böldi.

Avtomobilni işlab çiqariş uçun Niderlandiyaning Eyndxoven texnologiya universiteti talabalari mas'ul bölib turişibdi. Ular yaratayotgan avtomobil kanop tolasi va şakar asosidagi plastikdan tayyorlangan. Bunday plastik hosil qiliş uçun şakar qand lavlagidan olinadi.

Avtomobilning çirimaydigan tarkibiy qismlari — ğildiraklari, akkumulyator batareyasi va osmasining ayrim qismlaridir. Avtomobil Lina nomini oldi. Uning oğirligi 310 kg va soatiga 50 km tezlikka erişa olişi mumkin. Uning qoplamasida işlatilgan plastik har ikki tomonidan kanop tolasi asosidagi mato bilan mustahkamlangan. Natijada hosil bölgan biologik çiruvçi kuzov mustahkamlikda ayni paytda avtomobilsozlikda keng işlatilayotgan oddiy plastikdan sira qolişmaydi.

Avtomobil elektr dvigatellarining jami quvvati 8 kVtni taşkil etadi, quvvatlantiriş uçun litiy-ionli batareya işlatiladi va 100 km yölni qöşimça quvvatlantirişsiz bosib ötiş imkonini beradi.

Bir tomondan, biologik jihatdan çiruvçi materiallardan avtomobil işlab çiqarişda foydalaniş ğayrioddiy körinişi mumkin, çunki avtomobillarning aynan uzoq vaqtga çidamliligi qadrlanadi. Biroq Naud van de Jyevel boşçiligidagi tadqiqotçilar guruhi bamper, kapot, qanot kabi avtohalokatlar davomida köproq talofat köradigan qismlar işlab çiqarişda uning kaşfiyoti qöl kelişidan umidvor.

«Kompozit biologik çiruvçi plastikning mörtligi va elastikligi pastligi bilan boğliq bir qator muammolar mavjud. Lekin bizning maşinamiz test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, Niderlandiya transport boşqarmasining tegişli ruxsatnomasini olişidan umid qilinmoqda», dedi u.