Safarga nima oliş kerakligi, şuningdek buyumlarni töğri va tartibli joylaş borasida aniq tasavvurga egamisiz? "Layfxaker" şu haqdagi 19 samarali maslahati bilan bölişdi. 

1. Zarur buyumlar röyxatini tuzing

Röyxatni smartfonda yoki qölda yozişingiz mumkin. Joylangan buyumlarni röyxatdan öçirib boring. Şunda özingizga kerakli narsalaringizni unutmaysiz. Safardan qaytganingizda buyumlaringizni xuddi şu röyxat asosida tekşirib çiqişingiz mumkin - hammasi joyidami yoki yöq. 

2. Tayyor röyxatlardan foydalaning

Sayohatni rejalaştirar ekansiz, köp narsaga ulgurişingiz kerak. Ba'zan şunça payt orziqib kutilgan sayohatga tayyorgarlik körişdan boşingiz aylanib ketadi. Agar röyxat tuzişga vaqtingiz bölmasa, tayyor röyxatlardan foydalaning. Ularda sayohat davomiyligiga qarab zarur buyumlar soni körsatiladi. 

3. Kiyim-keçakni vaqtni qanday ötkazişingizga qarab tanlang

Agar siz kun böyi diqqatga sazovor joylarni közdan keçirişni rejalaştirgan bölsangiz, qulay kiyim va poyabzallaringizni oling. Xilma-xillik uçun aksessuarlaringizni olişni unutmang. Agar sayohatingiz davomida faqat teatr va restoranlarga boriş közda tutilgan bölsa, u holda şunday joylarga töğri keladigan kiyimlaringizni oling. 

4. Öşa yerda xarid qilişingiz mumkin bölgan narsalarni olmang

Boşqa şahar yoki mamlakatdan olib kelingan oddiy futbolka ham sayohatni yodga solib turuvçi yoqimli esdalik bölib qoladi. 

Agar siz şopogolik bölsangiz va çemodaningizda köpinça sovğalar uçun joy topilmasa, buning yöli bor: barça sovğalarni bir çemodanga joylab, uni katta hajmdagi boşqa bir çemodanga joylang. 

Kartinki po zaprosu 19 effektivnyx sovetov po upakovke bagaja

5. Kiyimlaringizni hafta kunlariga moslab alohida paketlarga joylang

Bu maslahat farzandlari bilan sayohatga otlanayotganlar uçun ayni muddao. Har bir paketning ustiga yozib qöying va albatta, har ehtimolga qarşi, qöşimça paket oling. Bu usul vaqtingizni tejaydi, unga ketadigan vaqtni yanada sermazmun ötkazişingiz mumkin.