Toşkent Fotosuratlar uyida 15 avgust kuni Özbekiston Birinçi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bağişlangan fotokörgazma hamda uning portretini yaratiş böyiça ijodiy tanlov natijalariga bağişlangan badiiy körgazma oçildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Şavkat Mirziyoyevning şu yil 25 yanvardagi «Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida ötkazilgan tadbirda keng jamoatçilik vakillari, san'atşunoslar, musavvirlar, jurnalistlar iştirok etdi. 

Fotokörgazmada Islom Karimovning hayoti va faoliyati sahifalarini aks ettirgan 39 ta saralangan fotosurat namoyiş etilmoqda.

Körgazma ekspozitsiyasidan joy olgan «Islom Karimov ğallazorda», «Islom Karimov yoşlar davrasida», «Said Ahmad va Islom Karimov», «Islom Karimov san'atkorlar davrasida», «Islom Karimov harbiylar davrasida», «Islom Karimov va Vladimir Putin», «Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev» kabi saralangan suratlarda Birinçi Prezidentning sermazmun hayoti va faoliyati aks etgan. 

Özbekiston Badiiy akademiyasi, Toşkent şahar hokimligi, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamkorligida taşkil etilgan bu körgazma 2017 yil 25 avgustga qadar davom etadi.