Amazon kompaniyasi umumiy miqdori 16 mlrd dollar bölgan obligatsiyalarni çiqardi, ularga bölgan talab hajmi Belarus yalpi içki mahsuloti bilan tenglaşdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilişiça, obligatsiyalarning çiqarilişidan tuşgan pullar Amazon iyun oyi örtalarida xarid qilgan Whole Foods soğlom oziq-ovqat mahsulotlari supermarketlari tarmoğini qöllab-quvvatlaş uçun işlatiladi.

CNBC’ning Deutsche Bank’ga asosan xabar berişiça, onlayn-riteylerning obligatsiyalariga talab juda yuqori bölgan, murojaatlar hajmi 49 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu esa Belarus YaIM bilan barobar.