Ma'lumki sobiq ittifoqdoş respublikalardagi turkiy tilli davlatlardan Ozarboyjon va Turkmaniston davlatlari ham mustaqillikning dastlabki yillarida lotin alifbosiga ötişini e'lon qilib, yangi alifboga ötişni töliq yakunlab, ayni kunlarda yangi imlodan bemalol foydalanişmoqda.

Ularda alifboga qanday ötilgan? Alifbo yakuniy körinişga kelgunga qadar qay tartibda takomillaştirib borilgan? Keling, şular haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan tanişsak.

Turkmaniston tarixida ilk lotinça alifbo — Yanalifga SSSRdagi barça turkiy xalqlar singari 1928 yilning 3 yanvaridan ötilgan. Ungaça turkmanlar ham arab alifbosidan foydalanişgan. 1929 yildan boşlab barça sohalarda Yanalifga töliq ötilgan.

1940 yilning 1 iyulidan kirill yozuviga ötilgan va 2000 yilga kelib töliq muomaladan çiqarilgan.

Aa, Bb, Vv, Gg, Dd, Yeye, Yoyo, Jj, Җҗ, Zz, Ii, Yy, Kk, Ll, Mm, Nn, Ңң, Oo, Өө, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Үү, Ff, Xx, Tsts, Çç, Şş, ŞÇşç, '', Yy, , Ee, Əә, Yuyu, Yaya

Mamlakat mustaqillikka erişgaç, darhol lotin yozuviga ötiş harakatlari boşlangan va 1992 yili alifboning dastlabki varianti qabul qilingan. 19 avgust kuni e'lon qilingan loyihadan quyidagi harflar örin olgan:

Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ea ea, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Jh jh, Kk, Ll, Mm, Nn, Ng ng, Oo, Qq, Pp, Rr, Ss, Sh sh, Tt, Ts ts, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz.

Ayniqsa, q — ө, v — ү, x — y tovuşlarini bildirişi bilan bu alifbo biroz noqulay edi.

1993 yilning yanvarida Turkmaniston fanlar akademiyasi alifboning yangi variantini e'lon qildi:

Aa, Bb, Çç, Dd, Ee, Ää, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, £ſ, Kk, Ll, Mm, Nn, Ññ, Oo, Öö, Pp, Rr, Ss, $¢, Tt, Uu, Üü, Ww, Yy, ¥ÿ, Zz.

Saparmurat Niyazov boşçiligida özgartirilgan alifboda funt-sterling, dollar, iyena kabi pul belgilarini bildiruvçi simvollar ham bölgani kişini hayratga soladi. Turkmanistonning 1993 yilda çiqqan ilk milliy valyutasida ham BA$ ¥ÜZ MANAT kabi yozilgan.

2000 yilda uşbu alifboga Žž, Şş, Ňň, Ýý harflari kiritilib, 17 yil davomida özgartirilmasdan foydalanib kelinmoqda.