Prezident qarori bilan taşkil etilgan Majburiy ijro byurosi zimmasiga elektr energiyasi, gaz va suv uçun qarzdorlardan tölovlarni undiriş yuklatilgan. Ayni kunda bu idora faoliyatidan norozilik holatlari paydo bölmoqda.

MIB tadbirkor bilan qasdlaşganda...

Muammoning avvali

Hammasi mana bunday boşlandi. Bir oy oldin, ya'ni  26 iyul kuni Böz tumanida faoliyat yuritayotgan «Böz sut daryosi» korxonasiga tuman MIB vakillari kirib keladi. Ularning qölida korxonaning elektr energiyasidan 644 ming qarzdorlik haqida ma'lumot bölib, ular işlab çiqariş korxonasini elektr tarmoğidan zudlik bilan uzişga kirişadi. Korxona rahbari iyun oyida ikki milliondan ortiq oldindan tölov qilgani va 1 iyul boşida 1 million 750 ming mablaği bölganini bildirib, ayni paytda korxonaning qarzdor ekanidan bexabarligi, başarti elektr ta'minoti uziladigan bölsa köplab tadbirkorlar bilan tuzilgan şartnoma şartlari bajarilmay qolişi va korxona katta zarar körişini aytib, MIB xodimlariga yuzlanadi. Xodimlar: «Bizga korxonani uzişni yuqoridan aytişgan!» deya tuşunça beradilar.

Şu örinda korxonaning qarzdorlik yuzasidan ogohlantirilmaganini eslatib ötamiz. Dalolatnoma tuzilmay, MIB xodimlari ketadi va birozdan söng qaytib kelib, baribir elektrni uzişadi. Korxona hisobçisi zudlik bilan 700 ming söm tölov qilib, tuman MIB idorasiga borganida, nazorat qiluvçi organ vakili endi qayta ulaş uçun eng kam iş haqining 10 baravarida jarima tölangandan söng elektr ulanişini aytadi. Korxona vakillarining: «Qoida böyiça bizni beş kun oldin ogohlantirişinglar kerak edi-ku?», degan savoliga tuman MIB örinbosari Oyatillo Ibragimov: «Qonun öz yöliga, tumanda biz bilan kelişgan tadbirkor işlaydi!», deya «izoh» bergan.

Darhaqiqat, har qanday jamiyatda qonun va qoidalar ustuvor bölişi kerak. Majburiy ijro byurosi yangi iş boşlagan taşkilot. Yuridik taşkilot va aholining katta qismi byuro faoliyati haqida OAV orqali boşlanğiç tuşunçaga egalar, xolos.

MIB bosimi

Korxonaning qonun böyiça talablari tuman MIB boşliğiga yetib borgaç, Uluğbek Kamolovning şaxsan özi «qonunbilgiç» va «qaysar» tadbirkorni «mahv» etgani va bu yerda kim xöjayin ekanini körsatib qöyiş uçun korxonaga keçqurun (soat 22:00) taşrif buyuradi. Hozirgi kun tadbirkori ham qöl qovuştirib turadigan anoyilardan emas. Öz huquqlarini bilişini, MIB boşliği yarim keçasi ogohlantirişsiz kelib: «Barça işçilarni yiğib kel!», deb buyruq berişga haqi yöqligini aytadi. Tadbirkor öziça, ayni paytda korxonaning elektrdan qarzi yöqligi va bank orqali ötkazilgan tölov topşiriqnomalari nusxalarini MIB boşliğiga körsatsam foyda beradi, deb öylaydi. Lekin bu Uluğbek Kamolovning jahlini badtar çiqardi, xolos. Yana MIB xodimlari tomonidan qoğozbozlik, yana dalolatnomalar tuziş, döq-pöpisalar boşlanadi.