«Liverpul» yarimhimoyaçisi Filippe Koutino «Barselona»ga ötişga qat'iy qaror qilgan va hozirgi klubi uçun ortiq öynamoqçi emas.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga köra, braziliyalik bu futbolçi jamoa boş murabbiyi Yurgen Kloppga öz qarori, bu qarori amalga oşişi uçun bor imkoni bilan kuraşiş haqida aytgan. Bundan taşqari, u agar öz transferiga ruxsat berilmasa, yangi mavsumda maydonga tuşmasligi haqida ogohlantirgan.

Inglizlar klubi Filippe Koutinoni qöyib yuborişni istamayapti. Futbolçining şartnomasida belgilangan tovon puli 100 mln yevroga teng.

Bundan avvalroq ispan naşrlari «Barselona» şu hafta oxiriga qadar Koutino, hamda«Borussiya»dan Usmon Dembeleni jami 200 mln yevro evaziga transfer qilişi haqida xabarlar tarqatgandi.