Ispaniya Superkubogi uçun «Real» va «Barselona» örtasida keçgan javob uçraşuvida Messi Ramosni haqorat qildi.

64-daqiqada öyin töxtatilgan vaqtda (bu vaqtda hisob 2:0 edi) Ramos töpni Messiga qaytarib berişga çoğlanadi, Messi qölini çözganida esa Ramos töpni osmonga otib yuboradi. Bundan jahli çiqqan Messi esa Ramosni oçiqçasiga haqorat qildi.

Marca naşrida yozilişiça, Messi Ramosni «La concha de tu madre!» («zoti buzuq, razil»)  deya haqoratlagan.

Ramos bunga javob qaytarmagan va öyin davom ettirilgan.

«Real» ikkinçi uçraşuvda ham ğalaba qozongaç, (3:1, 2:0) Ispaniya Superkubogini qölga kiritdi. Bu madridliklar uşbu kubok öninçi marta ega çiqişi böldi.