Tesla kompaniyasi mijozlarining xususiy uylarida ham elektrokarlar uçun zaryad stansiyalarini örnatiş imkonini taklif qilmoqçi. Autocar şu haqidagi yangiligi bilan bölişdi. 

Dastlab faqat AQŞdagi Tesla elektrokarlari egalarigigana uşbu xizmat turidan foydalaniş imkoni taqdim etiladi. Keyinçalik esa, dastur boşqa mamlakatlarda ham yölga qöyilişi mumkin. 

Taxminan 1000 yevroga baholanuvçi xizmat turi har qanday qulay joyda 240 voltli zaryadkani örnatişni közda tutadi. Elektrokar egasi undan foydalanib, 40 kilometrgaça yöl bosişi mumkin.

Tesla bir neça yildan beri Supercharger zaryad stansiyalari tarmoğini rivojlantirmoqda. Bugungi kunda kompaniyaning butun dunyo böylab 4,5 mingdan ziyod şoxobçasi mavjud.