«Chelsi» Kostaga 3,2 mln yevro miqdorida jarima qo‘llamoqchi
«Chelsi» va hujumchi Diyego Kosta o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda.
Ayni paytda futbolchi vatani Braziliyada bo‘lib turibdi va Londonga qaytishni istamayapti.
Daily Express nashri xabariga ko‘ra, agar Diyego Kosta qaysarlikda davom etsa, «Chelsi» uni 3,2 mln dollar miqdorida jarimaga tortishi va 2018 yil 1 yanvargacha tarkibdan chetlatishi mumkin.
Bundan avvalroq, «Chelsi» rahbariyati uni ogohlantirish tariqasida 300 ming funt jarimaga tortgan edi.
Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte uni yangi mavsumda asosiy tarkibga kiritishni istamasligini ma'lum qilgach, u «Atletiko»ga o‘tish istagini bildirgandi.
«Atletiko» rahbariyati 28 yoshli hujumchi uchun 27 mln dollar taklif qilmoqda, biroq «Chelsi» uni 55 mln yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
12:56 / 22.09.2024