«Torino» hujumçisi Andrea Belotti «Çelsi» qiziqişlari doirasida turibdi.

Tuttosport xabariga köra, «köklar» jamoasi boş murabbiyi Antonio Konte uşbu futbolçini klubda körişni istamoqda.

Ammo «Çelsi» xöjayini Roman Abramoviç uşbu 23 yoşli futbolçi uçun 100 million yevro tölaşni istamayapti, futbolçining şartnomasida aynan şunça mablağ körsatilgan.

Qayd etiş kerakki, londonliklar klubi yozgi transferlar vaqtida bir hujumçi sotib olgan. Jamoa Alvaro Morata uçun «Real»ga 65 million yevro töladi.

Bundan avvalgi xabarlarda Konte va klub rahbariyati jamoani rivojlantiriş masalasida kelişuvga erişa olmayotgani xabar qilingandi.