Kun.uz muxbiri ayni paytda oliy ta'lim muassasasida ikkinçi va undan keyingi davrda öqiş istagida yurgan kişilar bilan suhbatlaşib, şu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Oliy ta'lim vazirligi rasmiy vakili Madamin Orifjonov bilan boğlandi.

«Örta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga hamda kamida 3 yil pedagogik amaliy iş stajiga hamda vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega şaxslar maxsus sirtqi bölimda öqişga qabul qilinadi. Bu faqat pedagogik ta'lim yönalişida öqiş imkoniyati yaratilgan bölib, sirtqi ta'lim tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Öquv şakli esa ikkinçi va undan keyingi oliy ma'lumot beriş sirtqi ta'lim şaklida taşkil etiladi. Bu holatda öqiş bakalavriatning 2 kursidan boşlanadi va kamida 3 yil muddatni taşkil etadi», deydi vakil.

Madamin Orifjonovning ta'kidlaşiça, 2017/2018 öquv yilidan boşlab quyidagi OTMda pedagogika yönalişlari böyiça maxsus sirtqi bölimlar oçilgan:

Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti;

Andijon davlat universiteti;

Buxoro davlat universiteti;

Guliston davlat universiteti;

Qarşi davlat universiteti;

Namangan davlat universiteti;

Samarqand davlat universiteti;

Termiz davlat universiteti;

Urganç davlat universiteti;

Farğona davlat universiteti;

Jizzax davlat pedagogika instituti;

Navoiy davlat pedagogika instituti;

Nukus davlat pedagogika instituti;

Qöqon davlat pedagogika instituti;

Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti.

Sirtqi bölimda öqiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topşiriş, diplom, kurs, laboratoriya va boşqa öquv işlarini bajariş vaqtida ularning oylik maoşlari asosiy iş joyida saqlangan holda 2 marta öquv ta'tillari beriladi. Har bir ta'tilning muddati – 1 oy.

Qoidaga köra, ta'til umumta'lim muassasalaridagi qişki va yozgi ta'til vaqtiga töğri kelgan davrda beriladi. Bunda ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta'tillarini beriş tartibi ham saqlanib qoladi. Talabalarning oliy ta'lim muassasasida öqişda bölgan davriga töğri keladigan dars soatlari öqişga yuborgan ta'lim muassasasining öqituvçilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq tölaş şartlari asosida ötiladi.