Şavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasini taşkil etiş töğrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzAda keltirildi.
Davlat muassasasi şaklida taşkil etilgan jamğarmaning kiçik tadbirkorlik sub'yektlariga quyidagi şaklda moliyaviy yordam körsatiş asosiy vazifasi etib belgilandi:
a) kiçik tadbirkorlik sub'yektlariga mazkur qarorda qayd etilgan maqsadlarga kredit ajratiş uçun tijorat banklariga, jumladan, xorijiy kredit liniyalarini jalb qiliş hisobidan resurslar ajratiş;
b) kiçik tadbirkorlik sub'yektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigaça, ammo 500 ming dollardan köp bölmagan yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari böyiça kafil böliş;
v) tijorat banklarining qiymati 1 million dollardan oşmaydigan miqdordagi kreditlari böyiça foiz xarajatlarini qoplaş uçun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya beriş:
milliy valyutada — qayta moliyalaştiriş stavkasidan oşmaydigan foiz stavkasida — Özbekiston Markaziy bankining qayta moliyalaştiriş stavkasining 40 foizigaça bölgan miqdorida;
xorijiy valyutada — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bölmagan miqdorda.
Jamğarma boş bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kiçik tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaydi va tijorat banklariga resurslarni taqdim etadi.
Jamğarma tijorat banklarining kreditlari böyiça kafolat va kompensatsiyalar, şuningdek, tijorat banklariga quyidagi sohalarda loyihalar amalga oşirilişini moliyalaştiriş uçun resurslar taqdim etadi:
qişloq xöjaligida, birinçi navbatda, energiya samaradorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar quriş, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, quyonçilik, asalariçilik, uzumçilik va boğdorçilikni, şu jumladan, intensiv boğlarni rivojlantirişga qaratilgan loyihalar;
qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş sohasida — meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaş böyiça infratuzilma va uşbu mahsulotlarni transportirovka qiliş bilan boğliq logistika markazlarini taşkil etiş böyiça loyihalar;
köp kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari va boşqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlaştiriş va ta'mirlaş loyihalari;












