Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori 2017 yil 3 avgust) bilan Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari direktor örinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning böş lavozimlarni egallaş uçun ularni tanlov asosida tanlab oliş töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
 

Belgilanişiça, tanlov ötkaziş tartibi quyidagi böş lavozimlarga tatbiq etiladi:

•  litsey va kollejlarning direktor örinbosarlari (ilgarigidek);
•  kollejlarning öqituvçilari va işlab çiqariş ta'limi ustalari (ilgari - litsey va kollejlarning pedagog va muhandis-pedagoglari).

Demak, endilikda barça pedagoglarga emas, faqat öqituvçilarga va faqat kollejlarga tatbiq etiladi. Litseylarning böş öqituvçi lavozimiga tanlov ötkaziş esa alohida Nizom (2017 yil 3 avgust) bilan tartibga solinadi. 

Endilikda tegişli lavozim böşaganidan keyin 10 kun içida:

•  direktor örinbosarlari lavozimiga - Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boşqarmasi tomonidan OAVda va uşbu boşqarma saytida;
•  öqituvçi va işlab çiqariş ta'limi ustalari lavozimiga - kollej tomonidan OAVda va kollejning saytida (agar mavjud bölsa) tanlov ötkaziş töğrisida e'lon beriladi.

Ilgari böş direktor örinbosarlari lavozimiga tanlov yuqoridagi boşqarmalar yoki böysunuvida litsey (kollej) bölgan idoralar tomonidan, pedagog lavozimlariga - litsey (kollej) rahbariyati tomonidan OAV orqali 1 oy oldin elon qilinardi. Ya'ni hozirgidek lavozim böşaganidan keyin 10 kun içida emas, balki tanlov ötkazilişidan 1 oy oldin e'lon berilardi. 

Hujjatlarni topşiriş va tanlovni ötkaziş muddatlari belgilandi. Demak, tanlovda iştirok etiş uçun hujjatlar nomzodlar tomonidan u elon qilingan kundan boşlab 20 kun içida taqdim etiladi. Tanlov esa hujjatlarni qabul qiliş tugagandan keyin 15 kun içida ötkaziladi. Ilgari uşbu muddatlar belgilanmagan edi.

Hujjat 2017 yil 7 avgustda kuçga kirdi.