2017 yil 18 avgust kuni “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyacida Havo floti kuni munosabati bilan tadbir taşkil etildi. Şuningdek, MAK öquv-markazida yangi Boing 767 samolyoti Full-flight-simulyatorining işga tuşirilişi yuzasidan matbuot anjumani ötkazildi.
Boeing 767 Full-flight simulyatori haqida:
FFS Boeing 767 - Canadian Aviation Electronics (CAYe) kompaniyasining eng sönggi işlanmasi hisoblanadi. Uşbu qurilma zamonaviy kompyuter ta'minoti, harakatlaniş va vizual tizimlar bilan jihozlangan. Unda parvoz davomidagi turli noodatiy holatlarni ham yerda, ham havoda sinab köriş mumkin. Yuqori sifatli tasvirlarni körsatiş uçun jahon sanoat standartlari asosida işlab çiqilgan vizual tizim uçuvçilarga nostandart va murakkab vaziyatlarni maşq qiliş, kompyuter tizimiga örnatilgan aeroportlarning ma'lumotlar bazasi esa, yer şarining istalgan nuqtasiga parvoz qiliş imkonini beradi.


Yangi trenajyor olti tomonlama erkin harakatlanuvçi platformaga örnatilgan bölib, oğirligi 13 tonnani taşkil etadi. Mazkur simulyator CAYe kompaniyasi tomonidan joriy yilning aprelida yetkazib berilgan.
Endilikda Milliy aviakompaniya uçuvçi-yöriqçilari simulyator orqali test sinovidan ötkazilib, parvozga tayyorlanişadi. Yangi Boeing 767 FFS simulyatorining foydalanişga topşirilişi Özbekistonda uçuvçilarni uşbu rusumdagi samolyotlarga, xorijiy öquv markazlarini jalb etmagan holda, hozirlaş va qayta tayyorlaş uçun katta imkon yaratadi.


Şuningdek, trenajyor majmuasida zamonaviy trenajyorlar hamda Il-114-100 va A320 avialaynerlarining Full-flight-simulyatorlari ham örnatilgan.
Öquv-maşq markazida aviakompaniyaning 11 nafar muhandisi kanadalik mutaxassislar tomonidan öqitilib, simulyatorga mustaqil texnik xizmat körsatiş böyiça maxsus ruxsatnoma berildi.


















