1963 yilda taşkil qilingan (ungaça Germaniya çempionati maqomida bölgan) Germaniya bundesligasi 54 yillik tarixdan buyon Yevropaning eng nufuzli çempionatlaridan biri sanalib keladi. Bugungi kunda qit'aning eng kuçli uçta çempionatidan biriga aylanib olgan nemis karvoni bugundan boşlab 55-marta start oladi.

Yangi mavsumning dastlabki uçraşuvini amaldagi çempion, umuman sönggi beş yillik tengsiz jamoasi «Bavariya» «Bayyer»ga qarşi uçraşuv bilan oçib beradi. Dastlabki tur haqida töxtalişdan oldin sizga 54 yillik tarixga ega çempionat haqida qisqaça töxtalib ötmoqçimiz.

Bundesliga taşkil qilinguniga qadar ötkazilgan Germaniya çempionati musobaqalarini ham qöşib hisoblasak, 43 jamoa çempionlik unvonini qölga kiritişga muvaffaq bölgandi. Çempionlik böyiça rekord «Bavariya»ga tegişli bölib, jamoa jami 27 marta boş sovrinni qölga kiritgan «Dinamo» Berlin hisobidagi 10, «Nyurnberg» hisobida esa 9ta çempionlik unvoni mavjud.

Bundesliga taşkil qilingan vaqtdan boşlab esa bugungi kunga qadar 12 jamoa musobaqada zafar quçişga muvaffaq bölgan. Albatta bu borada ham rekordçi «Bavariya» sanaladi. Bundesligaga qadar 60 yil davomida bir marta çempion bölgan myunxenliklar yangi davrga kelib 26 marta boş sovrinni özlariniki qilib olişgan. Ikkinçi va uçinçi örinlarni ikki «Borussiya» — Myongxengladbax va Dortmund şahri jamoalari egallab turibdi. Ular hisobida beştadan bundesliga boş sovrini bor. «Verder» esa bu sovrinni tört marta yutib olgan, «Hamburg» va «Ştutgart» esa 3 martadan çempion bölişga muvaffaq bölgan. Yangi taşkil qilingan liganing dastlabki çempioni sanalgan «Kyoln» esa , «Kayzerslautern» bilan birga ikki martadan mavsumni eng yuqori poğonada yakunlaşgan. Şuningdek «Nyurnberg», «Ayntraxt» Branşveyg, «Volfsburg», «Myunxen-1860» jamoalari bir martadan çempion degan nomni qölga kiritişgan. Qiziq tomoni Şarqiy Germaniya jamoalaridan hali birortasi bundesliga boş sovrinini yutmagan.

2017/2018 yilgi mavsum
1-tur. Markaziy uçraşuv

«Bavariya» - «Bayyer» (23:30, Sport TV, Matç TV)
Yangi mavsumni amaldagi çempion «Bavariya» «Bayyer»ga qarşi uçraşuv bilan oçib beradi. Ikki jamoa örtasidagi bundesliga doirasi keçgan sönggi töqqiz uçraşuvning faqat bittasida «Bayyer»ning qöli baland kelgan («Bavariya»da 5Ğ, 2D, 1M).

Yana bir ahamiyatli tomoni «Bayyer» «Bavariya» keçgan sönggi 30 uçraşuvning faqat 2tasida ğalaba qozongan. Jamoa 25 uçraşuvda mağlub bölgan bölsa, 3 bor durang öynay olgan. Sönggi marta leverkuzenliklar Myunxenda 2012 yilda ğalaba naşidasini surgan bölsa, undan oldingi ğalaba naqd 23 yil muqaddam 1989 yilda qölga kiritilgandi.