Germaniya çempionatining 1-turi dastlabki uçraşuvi Myunxenda bölib ötdi va unda «Bavariya» Leverkuzenning «Bayyer» klubini qabul qildi.

Uçraşuvning dastlabki qismidanoq hujumlarga zör bergan mezbonlar avvaliga 9-daqiqada Zyulening zarbasidan söng hisobni oçgan bölsa, 18-daqiqaga kelib yana bir debyutant futbolçi Korentin Tolisso farqni ikkita yetkazdi. Ikkinçi bölimda Levandovski hisobni yirik körinişga keltirgan bölsa, Admir Mehmedi jamoasini yirik mağlubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi böldi.

Germaniya bundesligasi, 1- tur

Bavariya – Bayyer 3:1 (2:0)
Gollar: Zyule (9), Tolisso (18), Levandovski (52, penalti) – Mehmedi (65).
Bavariya: Ulrayx, Hummels (Rafinya, 62), Zyule, Alaba, Tolisso, Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi (Koman, 77), Myuller (Robben, 61), Levandovski.
Bayyer: Leno, Ta, Vendell, Henrixs, Belarabiy, Bender (Dragoviç, 46), Arangis (Kampl, 61),Kor, Beyli (Brandt, 46), Mehmedi, Folland.
Ogohlantirişlar: Kor (8), Arangis (52), Vidal (63).