«Çelsi» jamoasi boş murabbiyi Antonio Konte APLning ikkinçi turida «Tottenhem»ga qarşi keçadigan uçraşuv oldidan matbuot anjumaniga qatnaşdi.
20 avgust kuni «şporlar» «Çelsi»ni qabul qiladi, bu jamoalar örtasidagi London derbisi Toşkent vaqti bilan soat 20.00da boşlanadi.
«Biz öyinga jiddiy yondaşişimiz zarur. Ğalaba uçun bor imkonni işga solamiz, keyin özimizni oqlaşga majbur bölmasligimiz kerak», degan «Çelsi» murabbiyi.
1-turda amaldagi çempion bölmiş «Çelsi» «Byornli»ga yutqazgandi (2:3), öyin boş hakami londonliklar klubining ikki futbolçisiga – Fabregas va Gari Keyxillga qizil kartoçka körsatgandi. Endi bu futbolçilar derbida jamoaga yordam bera olmaydi.
«Çelsi»dek katta klub voqealarning har qanday rivojiga tayyor bölişi kerak. Albatta bu oson emas, ammo kuçli bölib qolişimiz, vaziyatni izga solişimiz kerak. Maşğulotlarda 150 foizlik kuç bilan işlaymiz.
Fanatlarimizga aytadigan gapim – biz muvaffaqiyatli mavsum ötkazişni istaymiz va buning uçun barçasini qilamiz», – degan Antonio Konte.
Bu yozda jamoaga fransiyalik Temue Bakayoko kelib qöşildi. Uning transferi uçun «köklar» jamoasi «Monako»ga 40 mln yevro töladi. U «Tottenhem»ga qarşi öynaşi imkoniyatlari böyiça savolga murabbiy şunday javob qaytargan:
«U formasini tiklaşda davom etmoqda. Men buni hisobga olganman. Bakayoko öynaşi ham mumkin. Menda tanlov köp emas. Jamoaga futbolçilar yetişmayapti. Şu tufayli qöl ostimdagi tarkibdan kelib çiqib, öyinga tayyorlanaman.
Men raqibni yengişim kerak. Bakayokoga zarurat bölsa, albatta u maydonga tuşadi», – deya italiyalik murabbiy sözlarini keltirgan klub rasmiy sayti.












