Toşkent vaqti bilan yakşanba kuni yarim tunda Amerikaning Linkoln şahrida ajoyib boks oqşomi bölib ötadi. Sönggi 11 yilda birinçi marta jahonning mutlaq çempioni aniqlanadi. Ilk yarimörta vazn toifasida amerikalik Terens Krouford va namibiyalik Julius Indongo 4 ta asosiy çempionlik kamari uçun ringga çiqişadi.

2017 yilning boks olamidagi asosiy janglaridan biri 14,5 ming tomoşabin ketadigan «Pinnacle Bank Arena» stadionida taşkil etiladi. 63,5 kg vaznda WBC va WBO tasnifida jahon çempioni Terens Krouford WBA va IBF kamarlari sohibi Julius Indongo bilan kuç sinaşadi.
Jang ğolibi 4 ta asosiy çempionlik maqomini qölga kiritgan boks tarixidagi uçinçi sportçi böladi. Bungaça örta vaznlilardan Bernard Xopkins (2005 y) va Jyermen Teylor (2006 y) 4 ta kamarni birlaştira olgan edi.

Umuman, 6 ta sovrin uçun kuraş olib boriladi. Yuqoridagilardan taşqari IBO çempionlik kamari (Indongo) va The Ring jurnali kamari (Krouford) uçun ham kuraş böladi. Bu kabi sovrinlarga şu paytga qadar heç kim bir vaqtning özida egalik qilmagan.
«Bu jang mutlaq çempionlik uçun,bu tarixiy bahs, ğalaba qozoniş yoki öliş, ammo men 100 foiz tayyorman, — deya Indongo sözlarini keltiradi Los Angeles Times. — Men uçun xorijda boksga tuşiş qulay. Men özimni körsatiş imkoniga ega bölişni juda xohlaganman. Men boksçi vatandoşlarimni ruhlantiriş uçun barçasini qilişim kerak. Men boks böyiça jahonning birinçi afrikalik mutlaq çempioni bölaman. Bunga işoniş qiyin».


«Biz Indongo haqida eşitmagan va uning janglarini körmagan edik. Rossiyadagi jangi bundan mustasno, — deya Krouford sözlaridan iqtibos keltiradi BoxingScene. — Biz dastavval Troyanovskiy bilan jang qilmoqçi edik, ammo u bizning taklifni namibiyalik boksçi foydasiga rad etdi. Şu boisdan ham, uni nokaut qilişganini eşitganimizdan keyin jang videoyozuvini tomoşa qildik. Öşanda biz birinçi marta Indongoga e'tibor qaratdik».











