Nihoyat, Amerikaning Tesla kompaniyasi uzoq kutilgan taqdimotni amalga oşirdi. Model 3 elektrokarining seriyali namunasi namoyiş etildi. Boşqaça aytganda, eng arzon modelini taklif etmoqda. Bu maşina mijozlar talabiga qançalik javob beradi va u ğarbda aytişganidek, avtomobil dunyosida «game changer» (öyinni özgartiruvçi) böla oladimi?
Haqiqatdan ham arzonmi?

Kompaniyada va'da berişganidek, maşinaning boşlanğiç narxi 35 ming dollar. Bu köpmi yoki kammi? AQŞda masalan, bu pulga unçalik oddiy bölmagan Dodge Challenger avtomobilini xarid qiliş mumkin. Yoki töliq hajmli VW Atlas krossoveri sizniki böladi. Boşqa tomondan eng arzon «Mersedes» ham Qöşma Ştatlarda şunça turadi. Şu bilan birga, u eng arzon deb aytilgan Model S elektrokaridan 2 karra arzonroq.

Ayni çoğda birmunça ilğorroq Model 3 namunasi (yuriş zaxirasi köproq) 44 ming dollarga aylanadi. Bunda qimmatroq namuna sohiblari Supercharger firma stansiyalaridan foydalangani uçun haq tölaşadi.
Yana biroz muhim raqamlar haqida

Standart Model 3 batareyasi 1610 kg bölib, 354 km masofani ortda qoldirişga kifoya qiladi. U 5,4 soniyada tezligini 96 km/soatga yetkazadi. Uning Long Range (uzoqroq yura oladigan namunasi) 1730 kggaça oğirlaşib, bir marta quvvatlangaç 498 kmni bosib ötadi. Bu maşina 5,1 soniyada «yuz»ga çiqadi.

Oddiy Model 3 Supercharger stansiyasida 30 daqiqada 208 kmga yeta oladigan darajada quvvatlantiriş mumkin. Şunça vaqt içida Long Range 272 kmga yetadigan quvvat oladi. Bunda xöjalikdagi elektr tarmoğidan quvvatlantirilganda oddiy elektrokar 48 km, Long Range 60 kmga yetadigan darajada quvvatlanadi.

Ha aytgança, ölçamlari xususida. Uning gabarit uzunligi Skoda Octavia modeliga yaqinroq va 4,69 metrni taşkil etadi. Eni 1,93 metr, ğildiraklar bazasi 2,87 metr, klirens (yöl qoplamasi va kuzovning pasti bilan oraliği) 14 sm.















