Özbekiston Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi 24 avgust kuni Toşkent şahrida çaqirladi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabariga köra Senat Kengaşi 18 avgust kuni şunday qaror qabul qilgan.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga «Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni ta'minlaş töğrisida»gi, «Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil töğrisida»gi, «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi (yangi tahriri), «Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ayrim qonun hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida»gi qonunlar kiritilmoqda.

Yalpi majlisda senatorlar «Özbekiston Respublikasi yoşlari kunini belgilaş töğrisida»gi va «Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonunlarni ham körib çiqadi.

Şuningdek, yalpi majlisning kun tartibiga Toşkent viloyatining Töytepa, Yangiyöl va Ohangaron şaharlarini viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga kiritiş töğrisidagi masalalar ham kiritildi.

Bundan taşqari, yalpi majlisda senatorlar Konstitutsiyaviy sudni saylaş haqidagi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining ayrim rahbarlariga parlament sörovi yuboriş, şuningdek, parlament sörovi natijalari haqidagi masalalarni ham körib çiqadi.

Yalpi majlisda Senat vakolatiga kiradigan boşqa masalalar ham körib çiqilişi rejalaştirilmoqda.