Venesuelada katta munozaraga sabab bölgan yangilangan oliy organ mamlakat Boş prokurori Luisa Ortegani işdan böşatgaç, u juma kuni oqşomda Kolumbiyaga uçib ketdi. Uning aytişiça, mart oyi sönggi kunlarida mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarşi çiqiş va ötgan vaqt mobaynida haqiqat uçun kuraşiş samarasiz yakunlandi.
Ortega yangidan tuzilgan hukumat a'zolari uning joniga xavf yetkazişidan qörqqani uçun Bogota şahrida vaqtinça yaşab turişini bildirdi. Oliy maqomda ilk yiğilişini 5 avgust kuni ötkazgan Assambleya birinçi masaladayoq Luisa Ortegani lavozimdan böşatişga qaror qildi. Lekin 59 yoşli Boş prokurorning iste'fosini mahalliy yuridik organ vakillari tan olmagan.
Uning vazifasini sobiq Inson huquqlari böyiça vakil Torik Saab bajarmoqda.
«Luisa va uning deputat turmuş örtoği Bagama orollaridagi banklarda millionlab mablağlarni jamğardi. Ular mamlakatda poraxörlikni rivojlantirdi, jinoiy tödalar bilan til biriktirib iş kördi», degan u.
Ayni paytda Kolumbiya hukumati Maduro yuritayotgan siyosatni qattiq tanqid ostiga olgan Lotin Amerikasining yagona davlati hisoblanadi.












