Xalqaro press klubning «Qaşqadaryo: taraqqiyot, sanoat va agrosalohiyat» mavzusida Qaşqadaryo viloyatida bölib ötgan sayyor sessiyasida viloyatdagi soğliqni saqlaş sohasida yöl qöyilgan kamçiliklar, erişilayotgan yutuqlar haqida ham gap bordi.
Viloyat hokimi Zafar Röziyev va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Umida Gaziyeva ayni paytdagi vaziyat haqida atrofliça gapirib berişdi.
— Davlatimiz rahbari viloyatimizga kelganida oldimizga ikkita masalani köndalang qöydi: soğliqni saqlaş sohasini yaxşilaş va insonlarning xotirjamligi. Butun dunyoda kuzatilayotgani kabi bizda ham qandli diabet va boşqa endrokrinologik dardlar köpaymoqda. Viloyatimizda esa endrokrinologiya kasalxonasi yöq edi. Yuqumli kasalliklarni davolaş va ularning oldini oliş sohasida ham işlar ölda-jölda edi, eski şifoxonamiz 1940-yillarda barpo etilgan, körinişi öta ayançli, laboratoriyalari abgor ahvolda edi. Yurak kasalliklari şifoxonasi haqida ham şunday deyişimiz mumkin.
Mana şunday holatlardan xabar topgan yurtboşimiz 120 örinli yangi endokrinologiya markazi, şuningdek kardioxirurgiya markazi va yuqumli kasalliklar şifoxonasini yangidan barpo etiş uçun 150 milliard söm mablağ ajratib berdi.
Kardioxirurgiya markazimizga 3 million dollarga Germaniyadan turli asbob-uskunalar keltirilmoqda. Ilgari viloyatimiz biror kardiojarroh yöq edi, prezidentimiz taşabbusi bilan Rossiyadagi maşhur kardiojarroh Leo Bokeriyadan ta'lim olgan, u bilan yelkama-yelka işlagan kardiojarroh viloyatimizga boş vraç bölib kelmoqda.
Şu paytgaça butun viloyatda 90tagina tibbiy tez yordam maşinalari xizmat körsatgan, ularning bitta çaqiruviga 400 sömgina pul ajratilgan ekan. Ayni paytda bunday maşinalarning soni 209taga yetkazildi, ular töliq yonilği-moylaş materiallari bilan ta'minlandi, çaqiruv uçun tölov hozir 1600 söm, sentabrdan boşlab har bir çaqiruvga 2400 sömdan berilişi belgilab qöyildi, — dedi viloyat hokimi Z.Röziyev.
Söz olgan viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari U.Gaziyeva bu borada öz fikrlarini bayon etar ekan, şunday dedi:
— Ayni paytda viloyatimizda mutlaqo yangidan barpo etilayotgan uçta markazga tamal toşi qöyildi. 50–55 nafar işlayotgan Ruspeblika kardiojarrohlik markazi filialida kardiojarrohning özi yöq edi.
Hozirda viloyatda yurak kasalliklari bilan boğliq 130 mingdan ziyod bemor röyxatga olingan. Ularning 60 minggi doimiy tekşiruvdan ötib terişi kerak, ularning 300 nafariga stend örnatilişiga muhtoj. Agar bunday dardga çalingan bolalarni ham qöşadigan bösak, 4000 nafarga yaqin inson operatsiyaga muhtoj. Ötgan yil davomida 180 kişi Toşkentga borib operatsiya amaliyotini ötab kelgani ma'lum bölmoqda. Albatta, uzoq yöl bosib Toşkentga boriş, u yerda yaşaş juda katta qöşimça xarajatlarni ham talab etişini unutmasligimiz kerak.











