Finlyandiyaning Turku şahrida piyodalarga piçoq bilan hujum qilganlikda 18 yoşli marokaşlik Abdulrahmon ismli şaxs gumon qilinmoqda. Şunisi ma'lumki, şunday ismli yigit 2016 yilda Finlyandiya hududiga kirgan.
Turun Sanomat naşri ma'lumotlariga köra, yigit Turku yaqinidagi Pansioda joylaşgan qoçqinlarni qabul qiliş markazida yaşagan. Uning işini migratsiya boşqarmasi körib çiqqan va OAVning norasmiy ma'lumotlariga köra, unga boşpana berişni rad etgan.
Markazda yaşovçilar yigitni odamovi sifatida ta'riflaşgan. Ularning aytişiça, u köpinça bir özi sayr qilib yurgan va heç kim bilan muloqot qilmagan. Vaqtini yaqin oradagi barlarda öyin avtomatlari oldida ötkazgan.
“U yoş bölganiga qaramasdan, uni qizlar qiziqtirmagan va uni biror marta qölida telefon bilan körişmagan. U yuvoşgina va göyoki özining dunyosida yurgandek körinardi”, deb öz manbasi sözlarini keltirib ötgan naşr.
Biroq Finlyandiya politsiyasida tergov manfaati yölida hujumda gumon qilinayotgan şaxs ismi oşkor etilmayapti.
Turkudagi hujum 18 avgustda amalga oşirilgan. Uning oqibatida 2 kişi halok bölgan, 8 kişi yaralangan. Jinoyatçi voqea joyida uşlangan.
Hujumda gumon qilinib yana 4 kişi qölga olingan, ularning barçasi Marokaş fuqarolaridir. Bundan taşqari, yana bir gumonlanuvçi xalqaro qidiruvga berilgan. Politsiya dastlab işni qotillik va qotillikka uriniş sifatida körayotgan bölgan, biroq keyin uni terakt sifatida tasniflagan.
Hujumdan keyin mamlakatning jamoat joylari, port, vokzal va aeroportlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. 20 avgust soat 10.00da mamlakatda hujum qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlaş e'lon qilinadi.











