Xalqaro tajribada parlamentar boşqaruvning Vestminister tizimi mavjud bölib, bunday huquqiy asoslangan mexanizm Buyuk Britaniyada işlab çiqilgan. Uning içki olami va tabiati juda murakkab, lekin deyarli mukkamal darajada işlaydi. Eng qiziq jihati esa «Soyadagi hukumat»ning tuzilişi, uning faoliyati va amaldagi hukumat bilan raqobatlaşib yaşaşidir. Hammasini tuşiniş uçun bir boşdan boşlaymiz.
«Soyadagi hukumat» asosan saylovda kam ovoz töplab, parlamentda katta örin egallamagan hamda hukumat tarkibiga kira olmagan siyosiy partiya vakillaridan tuziladi. Muqobil boşqaruv jamoasining har bir vakili tayinlangan amaldagi hukumat tarkibidagi vazirlar, rahbarlarga özini muxolif, deb e'lon qiladi. Şuningdek, davlat boşqaruvi, islohotlarning olib borilişi va taşqi siyosat masalasida hukumatning u yoki bu harakatini tanqid qilib, özining yeçimini taklif etib boradi.
«Soyadagi hukumat»ni muxolifat partiyasining eng taniqli va obröli siyosatçisi boşqaradi. Masalan, ta'lim vaziriga qarşi norasmiy ta'lim vaziri tanlanadi, «soya»dagi kişi doimo uning faoliyatini kuzatib boradi, tanqid va taklif bildiradi. Amaldagi rasmiy vakil esa öz lavozimiga loyiq bölişga qattiq harakat qiladi.
Tarixda ilk bor 1951 yil siyosatçi Hag Geytskell mamlakat Boş vaziri Uinston Çerçill boşqaruviga bir tomondan yordam beriş, ikkinçi tomondan uni tanqid qiliş maqsadida «Soyadagi hukumat» tarkibini şakllantiradi. Rasman bu tarkibdagi norasmiy vazirlar «Hazrati Oliyaga sodiq muxolifat» deb nomlanadi, çunki amaldagi hukumatga «Hazrat Oliyalarining hukumati» deb murojaat qiliş qabul qilingan. Monarx hukmron bölgan Birlaşgan Qirollikda uning maqomini şubha ostiga qöymaslik uçun «sodiq» sözi qöşib yoziladi.
Irlandiya qonun çiqaruvçi organida kuzatilgani kabi ba'zida uçinçi taraf siyosatçilari tomonidan ham muxolifat yaratiladi. Buning bilan köpçilikni taşkil qilib turgan siyosiy guruhlarni qöllamay, erkin fikrda qolişni istagan kişilar uçun imkoniyatlar yaratiladi.
Bu siyosiy parlament tajribasi Şri-Lanka, Malayziya, Kanada, Bagam orollari, Tailand, Serbiya, JAR, Sloveniya, Polşa, Yaponiya va boşqa rivojlangan davlatlarda ham uçraydi. Ulardan yana bir maşhuri - Italiyadagi «Governo ombre», öz ma'nosida u ham «Soyadagi hukumat» hisoblanadi va hukumat vakillariga qarşilantirilgan muxolifat vakillari e'lon qiladi. Agar Italiya misolida körsak, bu jarayonda OAV ham katta rol öynaydi, negaki, norasmiy vazirning taklifi va taşabbusi bevosita mahalliy OAVda yoritiladi, bunday «yurişlar» xalq orasida qiziqiş bilan kutib olinadi. Şuning uçun, köp ğarbiy davlatlarda aholining siyosiy absentizm (nofaollik) kayfiyatida yaşamasligini, ularning köpçiligi mamlakat siyosiy hayotiga aloqadorligini bildirişini his qiliş mumkin.












