Turkiya boş vaziri Binali Yildirim Suriyada, xususan, Idlib va Afrin tumanlarida Turkiya qurolli kuçlari iştirokidagi amaliyotlar ehtimoli böyiça izoh berdi, deb yozmoqda «Anadolu».

Uning sözlariga köra, Suriyaning uşbu hududlaridagi vaziyat bugungi kunda juda çigal. «Kim, qayerda va nimani nazorat qilayotgani tuşunarsiz. Afsuski, terrorçilar bir-biriga alohida hududlar ustidan nazoratni bermoqda. Barqarorlik umuman yöq. Vaziyatdan esa mahalliy aholi, şuningdek, Turkiya jabr körmoqda», - degan Yildirim Singapurga uçib ketişidan avval jurnalistlarga.

Hukumat rahbari Suriya şimolidagi keskin hududlar Turkiyaga juda yaqin joyda ekaniga e'tibor qaratgan. «Kuni keça IŞIDning 5 terrorçisi Turkiya-Suriya çegarasini noqonuniy kesib ötişi çoğida qölga olindi», - dedi Yildirim.

Boş vazirning ta'kidlaşiça, Anqara, xuddi avvalgidek, istalgan tahdidga darhol qat'iy javob qaytaradi.

Şuningdek, Turkiya hukumati rahbari Eron, Rossiya va boşqa qator davlatlardan Anqaraga harbiy delegatsiyalarning taşriflarini «normal holat» degan. «Suriyada uzoq muddatli tinçlikni örnatiş böyiça qöşma qadamlar qöyilmoqda. Ostonada muzokaralar olib borilmoqda. Şuningdek, xalqaro koalitsiya kuçlari bilan birga harakatlarni amalga oşirmoqdamiz. Turkiya Suriyada öt oçişni töxtatiş rejimini uzoq muddat davomida ta'minlaşga harakat qilmoqda», - deya aniqlik kiritdi Yildirim.