NASA ekstremal şaroitlar — jumladan, öta yuqori haroratlar va suvsizlikka çidamli Bacillus xerothermodurans bakteriyalarini 21 avgust kuni quyoşning töliq tutilişi kuzatilayotgan vaqtda havo şarlarida uçiradi. Zondlar stratosferaga qadar uçib boradi va u yerdagi harorat Mars sirtidagi harorat bilan teng. Olimlar bunday şaroitda mikroorganizmlar özini qanday tutişini örganişmoqçi, deb xabar beradi Gizmodo naşri.
Gigant havo şarlari bir neça tajribani özida qamrab olgan Eclipse Ballooning Project loyihasi doirasida uçiriladi. Loyihaga köra jami bölib 75 ta zond uçiriladi va ularning 30 tasida issiqlikka çidamli bakteriyalar solingan ştammlar böladi. Bakteriyalar alyuminiy zarqoğozlariga örab, havo şarlarining sirtiga joylaştiriladi va 24 km balandlikka olib çiqiladi.
Olimlarning fikriça, bu tajriba natijasida olingan ma'lumotlar Mars sirtining yerdan olib borilgan, ekstremal şaroitlarda ham yaşovçan bakteriyalar bilan ifloslanişining oldini olişda foydalaniladi.
Xabar qilinişiça, ayrim havo şarlari kameralar bilan jihozlanadi. Ular yordamida bulutlar suratga tuşirilib, ularning Quyoşning töliq tutilişi şaroitda hosil bölişi xususiyatlari örganiladi. Bundan taşqari, zondlardagi kiçik meteostansiyalar Oy soyasining ötişida atmosferadagi özgarişlarni qayd etib boradi.












