Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi" mavzusiga bağişlangan anjumanda (Toşkent, 2017 yil 15 iyun) sözlagan nutqida tilga olingan ğoya va fikr-mulohazalar xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqiş uyğotdi. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan davlat rahbarining mazkur nutqi xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy-akademik va ekspert-tahlil doiralari örtasida arab va ingliz tillarida keng tarqatilgani bunga köp jihatdan kömaklaşdi. Bu haqda “Özbekiston24” telekanali sayti xabar bermoqda.

Ötgan davr mobaynida J.Vaşington nomidagi universitet (AQŞ), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Tyubingen, Osnabryuk, Myunster, Frankfurtdagi Gyote universitetlari huzuridagi islom dinşunosligi tadqiqotlari markazlari va institutlarida (Germaniya), Jamiya Milliya Islamiya universiteti (Hindiston), Kuvayt universiteti, Malayziya Islom ilmiy universiteti hamda Islomobodda joylaşgan Islom hamkorligi taşkilotining Ilm-fan va texnologiyalar böyiça doimiy qömitasida 200 nafardan ziyod ekspert va mutaxassislar iştirokida uşbu mavzuga doir 20 ta brifing va seminarlar bölib ötdi.

Tahlil va tadqiqot doiralari vakillaridan iborat bölgan mazkur tadbirlarning iştirokçilari Özbekistonda islom dini sofligini saqlaş, milliy qadriyatlarni qayta tiklaş, buyuk ajdodlar xotirasini hurmat qiliş va ular qoldirgan bebaho merosni avaylab-asraş yuzasidan körilayotgan çora-tadbirlar bilan yaqindan tanişdilar. 

Bundan taşqari, Markaziy Osiyo böyiça Kembrij forumi tomonidan Prezident Şavkat Mirziyoyevning Toşkent anjumanidagi mazkur nutqi maxsus risola şaklida ham çop etildi. Unga Markaziy Osiyo böyiça Kembrij forumining raisi, professor Sidxart Saksena sözboşi yozgan. Olimning qayd etişiça, mazkur risola Markaziy Osiyoga ixtisoslaşgan tadqiqotçilar, insoniyat oldida turgan zamonaviy ijtimoiy va diniy xavf-xatarlar hal etilişi yöllarini tadqiq etiş bilan şuğullanayotgan mutaxassislar uçun bebaho manba bölib xizmat qiladi.