Facebook ijtimoiy tarmoğida bir farzandi bilan boşpanasiz, köçada qolgan ayol haqida xabar tarqaldi. Bu ayolni 13 avgust kuni tarmoq foydalanuvçisi Andijon viloyati Şahrixon-Böz tumanlari oraliğida körganini va yaqindan yordam berayotganini yozib, videoyozuv ham qoldirgan. Bu voqea köplab munozaralarga sabab böldi.

Avval ijtimoiy tarmoqqa xabar qoldirib, xotini bilan birga bolali ayolga kömak bergan Otabek ismli yigit bilan boğlanganimizda u Şahrixon tuman hokimligiga murojaat qilganini aytdi.

Ayni paytda taqdir sinoviga duç kelgan Ziyoda Yöldaşeva va uning qizini tuman hokimligi Boboçek mahallasidagi ikki xonali böş turgan binoga joylab, jihozlar  va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlagan. Hokimlik vakili beş yoşli bolasini heç qanday muammosiz boğçaga olinişi, hamda onasi işga joylaştirilişini aytdi.

Ayol taqdiriga töxtaladigan bölsak, uni ikki marta şar'iy nikoh orqali turmuş qurgani va ikkinçi eri vafot etgandan söng şunday holatga tuşganini gapirib berdi. Ota-onasi olamdan ötib ketgan.       

Şahrixon tuman hokimiyati boşpanasiz ayolni alohida uy bilan ta'minlaş va uni işlik qiliş harakatida.

Ayolning tört muçasi butun, qizçasi ham soğlom. Uning bilimi yetarli bölmagani uçun qayerga murojaat qilişni bilmagan. Ijtimoiy muhofazaga muhtojligi bor. Jamiyatga qöşilib, mehnat qilib hayoti izga tuşişi uçun özi ham harakat qilişi lozim. Otabek ismli yigitni unga yaqindan yordam bergani esa e'tiborga molik. 

Inson taqdiriga befarq bölmay, öz yordamini bermoqçi bölgan yurtodoşlarimiz uçun: 

PayMe/Click: 8600 0602 0091 9752