Çinoz tumani IIBga 26 iyul kuni şu tumanda yaşovçi, uy bekasi, 1987 yilda tuğilgan Mahbuba Olimjonova (ism-şariflari özgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida joriy yilning 13 iyul kuni soat 09.00 lardan 17.00 larga qadar bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs, uyda heç kim yöqligidan foydalanib, erkin yöl bilan kirib, uyi yertölasidagi alyumin idiş içidan 3.600.000 söm pullarini öğirlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar berdi.
 
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni Çinoz şahrida yaşovçi, vaqtinça işsiz, 1981 yilda tuğilgan Ilxom Zokirov sodir etganligi aniqlanib, uşlandi. Aşyoviy dalil sifatida pullar olindi.

Uşbu holat yuzasidan Ilxom Zokirovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.