Ispaniyaning «Barselona» klubi futbolçisi Andres Inestaning ta'kidlaşiça, Kataloniya jamoasini katta ehtimol bilan tark etadi.
«Men «Barselona» bilan şartnomani haligaça uzaytirmadim. Avval menga begona bölgan his-tuyğularni boşimdan ötkazdim. Biroq fikrimça, bu oddiy holat. Endilikda, men uç yil avval xayolimga ham keltirmagan ssenariy bor. Men hozirda «Barselona»dan ketişni rejalaştirmoqdaman, bu haqda avval öylamagandim», - deya Inestaning sözlarini keltiradi El Pais naşri.
Avvalroq Neymar «Barselona»ning hozirgi rahbariyatini jiddiy tanqid qilgandi.












