Londondagi Big-Ben minorasining dunyoga maşhur soatlari duşanba kuni bong urmadi. BBC şu haqida xabar berdi. 

Soatni ta'mirlaş rejalari haqida ötgan yili ma'lum qilingan edi. Öşanda soatni bir neça oyga töxtatiş rejalaştirilgandi. Ötgan hafta esa Jamoatçilik palatasi tanaffus tört yil, ya'ni 2021 yilgaça davom etişini ma'lum qildi.

Britaniyaning qator siyosatçilari bu ğoyaga qarşi çiqqan. Xususan, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey bunday uzoq tanaffusni tanqid qildi va "Big-Benni tört yil sukut saqlaşga majbur qiliş notöğri" ekanini ta'kidladi. Şundan söng Britaniya parlamenti Yelizaveta minorasini qayta ta'mirlaş rejasini körib çiqişini ma'lum qildi. 

Soatlarning töxtaşiga doir qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan e'lon qilingan. 

Hozirça Britaniya hukumati qiymati 5,7 milliard funtni taşkil qilişi mumkin bölgan loyihani muvofiqlaştirmagan. Yuqori narx barça muhandislik tizimlarining töliq almaştirilişi zarurligi bilan izohlanmoqda, ular 1950-yillardan buyon yangilanmagan. 

An'anaga köra, sönggi 157 yil davomida Big Ben har 15 daqiqada jarang soçadi. Bu an'ana oxirgi marta 2013 yilda mamlakatning sobiq boş vaziri Margaret Tetçerning dafn marosimi sabab buzilgandi. Şuningdek Big Ben 1965 yilda, Uinston Çerçillning ölimi munosabati bilan hamda Birinçi jahon uruşi yillarida ham bir neça marta töxtatilgan. 

Oxirgi marta mexanizmning profilaktika işlari 2007 yilda ötkazilgan. 

Ta'kidlaş joizki, minora soatlari 1859 yilning 31 mayida işga tuşirilgan. Soat mexanizmining umumiy oğirligi 5 tonnani taşkil qiladi, siferblat diametri - 7 metr. Big Ben Londonning asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi.