Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar qahramon bo‘lgan o‘yinda «PSJ» yirik g‘alabaga erishdi
Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. E'tiborli o‘yinlardan birida «PSJ» «Tuluza»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida mehmonlar kutilmaganda hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsada, keyinchalik parijliklar o‘ziga keldi va yakunda 6:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Neymar bu o‘yinning haqiqiy qahramoni bo‘ldi deyish mumkin. O‘zi ikkita gol kiritgan braziliyalik futbolchi yana ikkita golga assistentlik ham qildi.
Peshqadamlardan biri bo‘lib turgan, «Olimpik Marsel» esa bu turda kutilmaganda o‘z uyida ochko yo‘qotdi. «Lill» esa «Kan»ga yutqazib qo‘ydi.
Fransiya chempionati, 3-tur
PSJ – Tuluza 6:2 (2:1)
Gollar: Neymar (31, 90), Rabo (35), Kavani (75, penalti), Pastore (82), Kurzava (84) – Gradel (18), Jyulen (78).
PSJ: Areolya, Dani Alves, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava, Verratti, Motta (Pastore, 68), Rabo, Di Mariya (Draksler, 85), Kavani (Lo Chelso, 85), Neymar.
Tuluza: Lafon, Amen Adu, Diop, Jyulen, Mubandjye, Durmaz (Jan, 46), Somalia, Blen, Gradel (Mishlen, 62), Toyvonen (Mashash, 58), Delor.
Ogohlantirishlar: Verratti (36), Diop (56), Blen (68), Mishlen (81), Jan (90).
Chetlatish: Verratti (69)Fransiya chempionati, 3-tur
Lill – Kan 0:2 (0:1)
Gollar: Da Silva (5), Santini (69).
Lill: Koffi, Ie, Amadu, Alonso, Tiago Mayya (Faraj, 59), Bissuma, Ballo (Ponse, 70), Benziya, El-Gazi, Pepe, Luis Araujo (de Previl, 46).
Kan: Verkutr, Gilber, Da Silva, Djiku, Mbenge, Ait-Bennasser, Fere, Bazil (Kuaku, 24), Rodelen (Delaplas, 81), Bessa (Avunu, 36), Santini.
Ogohlantirishlar: Da Silva (37), Pepe (64), Amadu (66), Gilber (79).
Marsel – Anjyer 1:1 (1:0)
Gollar: N`Ji (17) – Toko-Ekambi (70).
Marsel: Mandanda, Sarr, Rami, Rolandu, Amavi (Doriya, 64), Zambo-Angissa, Luis Gustavo, Toven, Sanson (Kabella, 77), Okampos, N`Ji (Jyermen, 38).
Anjyer: Letele, Manko, Pavlovich, Toma, Andre, Santamariya, Fyuljyeni, Kulibali (Kapel, 64), Mangani, Toko-Ekambi (Sunu, 79), Krivelli (Giyom, 72).
Ogohlantirishlar: Toven (14), Santamariya (27), Amavi (62), Pavlovich (68), Jyermen (90).
Chetlatish: Okampos (90, Marsel).
Mavzuga oid
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
02:10 / 15.04.2026