18 avgust kuni Toşkentdagi RAMADA mehmonxonasida Hind taomlari festivali ötkazildi. Tadbirda Hindistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Vinod Kumar hamda elçixona maslahatçisi iştirok etişdi. 

Hind taomlari festivali kötarinki ruhda boşlandi. Keçada hindça raqslar, qöşiqlar ijro etildi. Söngra barça mehmonlar, tadbir iştirokçilari Hindistonning mazali taomlari tortiq qilingan dasturxonga taklif etildi. 

Sureş Kumar, Hindistonning Özbekistondagi elçixonasi maslahatçisi: 

"Avgustning sönggi kunlarida Toşkentdagi turli mehmonxonalarda hind taomlari festivali ötkazilmoqda. Yakuniy madaniy tadbir 27 avgust kuni Çirçiqdagi "FUN AND FOOD VILLAGE" akva boğida bölib ötadi. Hindiston va Özbekiston örtasidagi iliq munosabatlar hamişa mustahkam kuçga ega. Özbek va hind taomlari örtasida öxşaş jihatlar juda köp. Masalan, siz sevib tanovul qiladigan oş palov - hindça "biryani", somsa - "samosa", holva - "halva"ga juda öxşaydi. Ularning tarkibiy qismida ham deyarli bir xil masalliqlar işlatiladi.  Bugungi tadbir orqali mehmonlar taniqli hind taomlaridan bahramand böliş va bir lahzaga bölsa-da özlarini Hindistonga tuşib qolgandek his etiş imkoniga ega bölişdi".

Metali Doni, RAMADA mehmonxonasining taşkiliy işlar böyiça direktori: 

"Hind madaniyati doimo jahon mamlakatlarini öziga rom etib kelgan. Bugungi festival esa hind oşxonasining özgaça ta'mini namoyiş etişga imkon berdi. Mehmonxonamizning mahoratli oşpazça Şimoliy Hindiston taomlari va yeguliklarini tayyorlaşdi. Öylaymizki, bugungi dasturxon mehmonlarga manzur böldi".