AQŞ prezidenti Donald Tramp “majburiy” ta'tilni ötkazişiga töğri kelgan Nyu-Jyersi ştatidan Vaşingtonga qaytdi. Tramp qaytişi bilan qilgan birinçi işi navbatdagi marta AQŞ OAVni yolğon xabarlarni çop etişda ayblaş böldi.

“Vaşingtonga oğir iş va men qaçondir körgan eng dahşatli va yolğon yangiliklarni körişdan keyin qaytmoqdaman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp 4 avgustda ta'til olib, 17 kunga unga tegişli bölgan golf-kurortga jönagandi. U ta'tilga Oq uyning ğarbiy kanotida ba'zi ta'mirlaş işlari amalga oşirilgani sababli ketişiga töğri kelgan.

Biroq Tramp 14 avgustda ta'tilini vaqtinçalik töxtatib, Şarlotsvilldagi tartibsizliklar böyiça maxsus bayonot bilan çiqiş uçun Vaşingtondagi qarorgohiga qaytgandi.