1. Rangli tuş.
Men rangli tuşlarimda Özbekistonni BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a'zosi sifatida köraman. Göyoki AQŞ, Fransiya yoxud Germaniyaga nisbatan inson huquqlarini poymol etgani uçun sanksiya e'lon qilişini, yoki gegemon davlatlar yoqlab ovoz berayotgan BMT qaroriga veto huquqidan foydalanib qarorni töxtatib qöyiş kuçiga ega gegemonlikka da'vogar davlatlar qatorida bölişini orzu qilaman. 

2. Balzak haqiqati.
Balzakning bir haqiqati bor: “Erkak qobiliyati xuddi ayoldagi çiroy kabi – bor yöği va'da xolos”. Biz haqiqatda qobiliyatli millatmiz. Ma'naviyatimiz ham boy, ma'rifatimiz ham yuksak, ötmişimiz ham şonli, kelajakdan umidimiz ham katta. Ammo hanuz rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridamiz. Nega? Çunki, qobiliyatni röyobga çiqariş uçun qobiliyatga yaraşa yurak va iroda kerak. 

3. Muammoni tuşuniş.
Mamlakatni yuksaltiriş – eng avvalo muammolarni tuşunişdan boşlanadi. Özbekistonda bugun muammo juda ham köp. Hal etilayotgan, hal etilişi lozim bölgan va hal etilmayotganlari ham bor. Şukrki bugun biz muammolar borligini tan olişni örgandik. Ular haqida gapirişni boşladik. Ana şuning özi millat uçun juda katta qadam böldi. Ammo, bu hali birinçi qadam. Öz gunohini iç-içidan tan olgan banda Yaratganning nazdida bir poğona darajasi kötarilganidek, muammolari borligini tan olgan jamiyat ham yuksalişda bir daraja ilgarilagan böladi. 

4. Vaziyat oğir. Juda ham oğir.
Prezident Mirziyoyev bir neça bor ma'lum masalalarda safarbarlik e'lon qildi. Öta tahlikali va murakkab vaziyatda ekanligimizni ta'kidladi. Köpçilik negadir faqat Özbekistonimizda ahvol şunaqa oğir ekan, deya tuşundi. Aslida söz dunyo hamjamiyatidagi ahvol xususida ketgan edi. Albatta, bu hamjamiyatning bir bölagi bölgan Özbekiston ham umum holatdan taşqarida emas. Bugun dunyo hamjamiyatida juda ham oğir vaziyat hukm surmoqda. Vaziyatning oğirligi esa siyosiy munosabatlarda asl siyosiy maqsadlarning hamişa ham oşkora ma'lum bölmasligida. Kiçik bir misol keltiraman. Dunyo siyosiy maydonida Qatarga nisbatan biratöla, bir kunda yettita Arab davlati ultimatum e'lon qilgan holatni olaylik. Ultimatum vajlari, sabablari keltirildi. Ular orasida terrorni qöllaş, islomiy ahkomlarga zid harakat ayblovlari qatori turli siyosiy diplomatik ayblovlar ham bor. Dunyo aholisiga bular sabab qilib körsatildi. Hamma narsa oçiq-oydin aytildi göyoki. Aslidaçi? Öquvçining yodida bölsa, bu voqealar “dunyoning eng kuçli davlati” – dunyo mamlakatlariga demokratiyani eksport qilişga odatlangan davlat prezidentining Saudiya Arabistoniga taşrifidan köp ötmay sodir böldi. Bu taşrifdan söng, kutilmaganda, avval şohning valiahdi “almaşdi”. Valiahd etib, öşa kuçli davlatga köproq moyil bölgan, mudofaa vaziri bölgan paytda Eronga uruş oçiş kerakligini ta'kidlab yurgan şahzoda tayinlandi. Saud oilasining boşqa şahzodasi esa navqiron yoşida yurak xurujidan vafot etdi. Eski valiahd esa uy qamoğiga mahkum etildi. Söngra, bir kunda Qatar davlatiga ultimatum qöyildi. Çetdan kuzatgan dunyo aholisi, bir arab davlatiga boşqa arab davlatlari “siyosiy vajlar” sabab ultimatum qöygan deb bildi. Şunday bildirildi. Ammo asl haqiqat yaşirildi. Haqiqatki tuşuniksiz ultimatum voqeasining mohiyatini oçib beruvçi: bu voqealar boşlanğiç nuqtasida prezidenti Saudiyaga kelgan buyuk davlatning taşqi qarzi 15 trillion dollardan oşgani va Qatarning esa 10 trillion dollardan ortiqroq puli bor ekani. Ziyrak öquvçimiz uçun ortiqça izohga hojat yöq deb öylayman.