Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ-3220-son «Özsanoateksport» AJ faoliyati samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Qaror bilan «Özsanoateksport» AJning asosiy vazifalari va faoliyatining yönalişlari belgilandi. Çuqur marketing tadqiqotlarini olib boriş, mahalliy taşkilotlarga xorijiy xaridorlarni topişda yordam beriş, xorijda ötkazilayotgan tender (tanlov) savdolari, xalqaro savdo-sanoat körgazmalari, yarmarkalar va boşqalarda iştirok etiş kabilar şular jumlasidandir.
Şuningdek, hujjat bilan kompaniyaning ijro etuvçi apparati tuzilmasi ma'qullandi (boşqaruv xodimlari – 40 nafar).
«Özsanoateksport» AJga quyidagi huquqlar berildi:
• özining xorijdagi savdo uylari manziliga oziq-ovqat buğdoyidan foydalaniş balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida konsignatsiyalaş şarti bilan oziq-ovqat uni va buğdoyini yuklab yuboriş;
• kompaniya tomonidan olib kelinadigan va «bojxona hududida qayta işlaş» bojxona rejimiga joylaştirilgan xomaşyo va materiallarni qayta işlaş natijasida olingan mahsulotlarni jahon bozorlarida sotiş uçun keyinçalik çetga çiqarişni amalga oşiriş.
«Özsanoateksport» AJ tomonidan taşqi savdo operatsiyalari amalga oşirilişida eksport operatsiyalari böyiça tuşum tuşişi yoki qayta olib kiriş muddati tovarlar, işlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boşlab 90 kundan oşmasligi kerak.
«Özsanoateksport» AJ Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Amira Temur şohköçasi, 109-uy manzilida joylaştiriladi.













