Tabiatda moğorning 200 ming turi bor, ularning ba'zilari inson hayoti uçun juda xavfli. Moğorning organizmga tuşişi nimalarga olib kelişi va bundan qanday himoyalaniş haqidagi video "Layfxaker"da taqdim etildi.
Moğor nima va u insonga qanday ta'sir körsatadi? Endi moğorlayotgan mahsulotni iste'mol qiliş mumkinmi? Qanday turdagi moğor halokatgaça olib keladi?
Moğor hamma yerda bölişi mumkin - Arktika muzliklarida, Çernobil bunkerida, oçiq kosmos şaroitlarida va ehtimol, hozir iste'mol qilayotgan noningizda... Moğor - bu organik tanalar yuzasida paydo böladigan va mahsulotlarning buzilişini keltirib çiqaradigan mikroskopik qöziqorin. Moğorning 200 ming turi bölib, uning 50 ming turi inson uçun xavfli hisoblanadi. Moğorning özi emas, undan ajralib çiqadigan zararli moddalar - mikotoksinlar katta xavf keltirib çiqaradi.
Organizmga tizimli ravişda moğorning kelib tuşişi jigar va buyraklar faoliyatini yomonlaştiradi. Şuningdek sinusit, bronxit, astma, hujayralar mutatsiyasi va eng yomoni, onkologik kasalliklarni keltirib çiqaradi. Şuningdek moğor ekzema, dermatit kabi teri kasalliklariga ham sabab bölişi mumkin.
Ogoh böling: sariq moğor keltirib çiqaruvçi aflotoksinlar öta xavfli hisoblanadi. Manbalar - baliq, sut mahsulotlari va yonğoqlar. Uning kiçik dozasi ham insonlarni intoksikatsiyaga va hatto ölimgaça olib kelişi mumkin. Zaharlanmaslik uçun moğorli oziq-ovqat mahsulotlarini umuman yemaslik kerak. Mahsulotning faqatgina moğorlagan qismini olib taşlab, xavfni bartaraf etdim deb öylamang, u butun mahsulot böylab ildiz otib bölgan böladi.
Havoda ham moğor manbalari bölişi mumkin va undan heç kim himoyalanmagan.
Şu bois muntazam ravişda immunitetni mustahkamlab boriş kerak. Şuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini doimo muzlatgiçda saqlaş va ularni tozalab turiş tavsiya etiladi.












