“Özagroinspeksiya”ning Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan foydalanişni nazorat qiliş mutaxassislari tomonidan özlariga yuklatilgan vazifalardan kelib çiqib, joylarda monitoring tadbirlari amalga oşirildi.

Unga köra, 2024 yilning avgust oyida jami 195 ta holatda qişloq xöjaligiga möljallangan 274 gektar yer maydonlarida yerga oid qonunbuzarlik holatlari qayd etilganligi aniqlandi. Şundan suğoriladigan 127 gektar yerlarda, 83 gektar lalmi yerlarda, 2,4 gektar böz yerlarda, 62 gektar yaylov yerlarda qonunbuzarlik holatlari qayd etilgan bölib, buning oqibatida yerlarning özboşimçalik bilan qişloq xöjaligi muomalasidan çiqarilişiga sabab bölgan.

Uşbu holatlarda qonunbuzarlarga nisbatan jami 76 milliard 916 million söm miqdorida qişloq xöjaligiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Eng köp qonunbuzarlik holatlari viloyatlar kesimida olib qaralganda Andijon viloyati (30 ta holatda),Qaşqadaryo (43 ta holatda), Namangan (41 ta holatda), Samarqand, (29 ta holatda), Surxondaryo viloyatlarida (19 ta holatda) aniqlangan.

Aniqlangan yer qonunbuzarlik holatlaridan 109 tasi prokuratura organlariga 47 tasi esa IIV hududiy bölinmalariga çora köriş uçun, 42 ta holatda boşqa taşkilotlarga, 8 ta holatda yerdan foydalanuvçilarga ogohlantiriş xatlari yuborilgan.