«Barselona» futbolçilari klub rahbariyatidan, xususan klub texnik direktori Roberto Fernandesdan norozi bölmoqda.

Cadena SER xabariga köra, jamoaning yetakçi futbolçilari tranferlar bilan boğliq vaziyat tufayli tarang holat yuzaga kelgan.

Şu sababdan Lionel Messi haligaça «Barselona» bilan şartnomani uzaytirmay kelmoqda. 30 yoşli bu argentinalik futbolçi klubning kelajak uçun loyihasiga işonç bildirmayapti.

Bu masala katalonlar jamoasining boşqa futbolçilarini ham taşvişlantirmoqda. Andres Inesta ham oxirgi intervyularidan birida kelajagi böyiça bir qarorga kela olmayotganini bildirib ötgandi.

Xuddi şu vaqtda Lionel Messi uçun «Mançester Siti» 300 mln yevro tölaşga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan.

«Barselona» yozda jamoaning asosiy futbolçilaridan biri Neymarni «PSJ»ga sotib yubordi. Uning örniga olib kelinişi kerak bölgan Filippe Koutino va Usmon Dembele transferi amalga oşmayapti. Bundan taşqari, «PSJ»dan Marko Verrattini transfer qiliş rejasi barbod böldi.

Katalonlar klubi Xitoy çempionatidan Paulinoni 40 mln yevroga sotib oldi, yaqin kunlarda Fransiya çempionatidan Jan Mikael Seri 30 mln yevroga sotib olinişi kutilmoqda.