Vazirlar Mahkamasining 9.08.2017 yildagi 606-son qarori bilan FVV, Özgidromet va "Davsuvxöjaliknazorat" davlat inspeksiyasi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)
Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etiş, fuqaro muhofazasi, gidrometeorologiya, gidrotexnik inşootlarning barqaror faoliyatini ta'minlaş, seysmik kuzatuvlar, kiçik hajmli kemalarni bexatar işlatilişini, suv obektlarida fuqarolarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş işlarini amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlikning markaziy apparati, uning hududiy boşqarmalari, Gidrometeorologiya xizmati markazi, «Davsuvxöjaliknazorat» davlat inspeksiyasi, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, şuningdek idoraviy böysunuvdagi boşqa taşkilotlar FVVning yagona tizimini taşkil etadi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Boş vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Birinçi örinbosar va örinbosarlar Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod etiladi (ilgari – Vazirlar Mahkamasi tomonidan).
Poçta manzili: 100084, Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Kiçik halqa yöli, 4-uy.
FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (Özgidromet)
Gidrometeorologiya sohasidagi masalalarni hal qiluvçi maxsus vakolatli davlat boşqaruv organi hisoblanadi.
Markaziy apparat, hududiy gidrometeorologiya boşqarmalari, «Gidrometpribor» ilmiy-işlab çiqariş korxonasi, «Meteoinfosistem» axborot-texnik boşqarmasi, Gidrometeorologiya ilmiy-tekşiriş instituti, Toşkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji, şuningdek idoraviy böysunuvdagi boşqa taşkilotlar “Özgidromet”ning yagona tizimini taşkil qiladi.
Özgidromet boş direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, birinçi örinbosari esa — Prezident bilan kelişgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Bunda boş direktor maqomi va mehnatga haq tölaş şartlari böyiça vazirning birinçi örinbosariga, boş direktorning birinçi örinbosari esa — vazir örinbosariga tenglaştiriladi.











